Live
10
O'zbek

Bundesliga. «Leyptsig» o‘z maydonida «Elversberg»ni tor-mor etdi

Futbol
24 oktabr, 13:12
Romulo dublni rasmiylashtirdi.
Bundesliga. «Leyptsig» o‘z maydonida «Elversberg»ni tor-mor etdi
Фото: Getty Images
24.10.2026 FT Bundesliga Germaniya Leypsig Leypsig 4 : 0 Elversberg Elversberg

Germaniya chempionatida 7-tur uchrashuvlari davom etmoqda. «Leyptsig» ushbu turni o‘z maydonida «Elversberg»ga qarshi o‘tkazdi. Unda «buqalar» raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Romulo dublni rasmiylashtirdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Leyptsig» ochkolari sonini 12 taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Elversberg» esa 10 ochko to‘plab, 7-pog‘onada.

Bundesliga. 7-tur
Leyptsig — Elversberg 4:0
Gollar:
Gomis 48, Romulo 66, 90, Baumgartner 84
Leyptsig
– Nyullan, Orban, Henriks, Estev, Finkgrefe, Maksimovich (Romulo, 46), Rayts (Gruda, 62), El Aynaui, Nusa (Baumgartner, 72), Banzuzi (Zayvald, 72), Gomis.
Elversberg – Kristof, Giamera (Zirh, 59), Lukas, Ror, Gyunter, Kaydel, Poreba, Petkov, Shmal, Krattenmaher, Mokva (Futkeu, 71).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
  • Elversberg Elversberg
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar