«Real» vingери Vinisius Junior klub safida avgust oyidan beri gol ura olmayapti.
Braziliyalik futbolchi Chempionlar Ligasi doirasida «Leyptsig»ga qarshi uchrashuv (4:1)da asosiy tarkibda maydonga tushdi. Biroq 70 daqiqa harakat qilgan futbolchi gol yoki assist qayd etmadi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Yan Diomande esa bittadan gol va assist muallifiga aylandi.
Qayd etish lozim, braziliyalik futbolchi so‘nggi bor 26-avgust kuni La Liganing birinchi turida «Real Sosyedad»ga qarshi bahsda (4:1) gol urgan edi. Bu uning ushbu mavsumda barcha musobaqalarda o‘tkazgan 11 uchrashuvdagi yagona goli bo‘lib turibdi. Shuningdek, Vinisius hisobida 3 ta assist bor.
Avvalroq Vinisius «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda (1:0) maydondan chetlatilgani sababli La Ligada 4 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingandi. Shu bois u «Barselona»ga qarshi o‘tkaziladigan bellashuvni o‘tkazib yuboradi.