O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro okean ortida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda TUDN jurnalisti Fransisko Arredond xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis Meksika yoki MLS ligasi ishtirokchilaridan birini boshqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu bo‘yicha Fabio Lotin Amerikasidagi vakillik agentligi bilan shartnoma imzolagan. Biroq u birorta jamoani boshqaradi degani emas.
Eslatib o‘tamiz, Kannavaro 2025-yilning oktabridan beri «oq bo‘rilar»ni boshqarib kelmoqda. Uning O‘FA bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning oktabrigacha mo‘ljallangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi