O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Bahromov Muhammad Yusuf Rossiyaning Tula viloyatida o‘tkazilgan 20-Osiyo maktab o‘quvchilari shaxmat chempionatida 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida klassik shaxmat va blits yo‘nalishlarida ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgandi.
Shaxmat federatsiyasi xabar berishicha, mazkur yuksak natijasi munosabati bilan Muhammad Yusufga 10 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti hamda televizor topshirildi.
Avvalroq O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.