Live
2
O'zbek

Yamalga zarba bergan «Betis» futbolchisi to‘rtta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Futbol
21 oktabr, 10:25
    16
Yamal esa raqibini turtib yuborgani uchun sariq kartochka bilan jazolangan.
Yamalga zarba bergan «Betis» futbolchisi to‘rtta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Фото: Getty Images

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) «Betis» yarim himoyachisi Fakundo Bernalni «Barselona» vingeri Lamin Yamalga nisbatan qo‘pol harakati uchun to‘rtta uchrashuvga diskvalifikatsiya qildi.

Urugvaylik 23 yoshli futbolchi La Liganing 9-turidan o‘rin olgan bahsda raqibiga boshi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan edi.

Bu jamoalar o‘rtasidagi bellashuvda maydonda yuzaga kelgan tortishuv vaqtida Bernal Yamalning bo‘ynidan ushlab, uning yuziga ketma-ket ikki marta boshi bilan zarba bergan. Bosh hakam Rikardo de Burgos urugvaylik futbolchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatgan. Yamal esa raqibini turtib yuborgani uchun sariq kartochka bilan jazolangan.

Ispaniya futbol federatsiyasi intizom qo‘mitasi ushbu holatni zo‘ravonlik harakati sifatida baholab, reglamentning 103.1-moddasiga asosan Bernalga to‘rtta o‘yinlik diskvalifikatsiya tayinladi. Endilikda u La Liga doirasida «Selta», «Malaga» va «Elche»ga qarshi, shuningdek, Ispaniya kubogi doirasida «Navalkarnero» bilan bahsni o‘tkazib yuboradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Betis Betis
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

16 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar