Live
3
O'zbek

«MYU» Perrott uchun da’vogarga aylandi

Futbol
19 oktabr, 18:22
Troy o‘tgan yozda AZ Alkmaar klubidan sevilyaliklar safiga o‘tgan edi.
«MYU» Perrott uchun da’vogarga aylandi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» jamoasi yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi «Betis» forvardi Troy Perrottni ko‘zlamoqda.

O‘z navbatida, «Betis» rahbariyati Perrottni kamida 80 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Bu qiymat irlandiyalik 24 yoshli futbolchining shartnomasida to‘lov miqdori sifatida ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, Troy o‘tgan yozda AZ Alkmaar klubidan sevilyaliklar safiga o‘tgan edi.

Bu mavsumda Perrott La Liga doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta assistni qayd etgan. Futbolchi faoliyati davomida «Milliuol», «Ipsvich», «Preston» va «MK Dons» jamoalarida o‘ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Betis Betis
Bugungi yangiliklar