Bugun
26
O'zbek

Fernandesh «MYU»da vaziyat yaxshilanishini kutishdan charchadi

Futbol
19 oktabr, 06:10
    22
Portugaliyalik yarimhimoyachi qishdayoq jamoani tark etishni o‘ylamoqda.
Fernandesh «MYU»da vaziyat yaxshilanishini kutishdan charchadi
Foto: Getty Images

Portugaliyalik yarimhimoyachi Bruno Fernandesh «Manchester Yunayted»dagi vaziyat yaxshilanishini kutishdan charchadi. Bu haqda Teamtalk nashri ma’lum qildi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, yulduz futbolchi yanvar oyidagi transfer oynasida «qizil iblislar» safini tark etishi mumkin. 32 yoshli havbek katta maqsadlar sari intiladigan jamoaga o‘tishni rejalashtirmoqda.

Bruno 2020-yildan buyon Manchester klubida o‘ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027-yil iyun oyi oxirida yakunlanadi. Futbolchining transfer qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Angliya Premyer-ligasining dastlabki 7 ta turidan so‘ng «MYU» 7 ochko bilan turnir jadvalining 14-o‘rnini egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

22 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar