O‘tmishning yorqin yulduzlaridan hisoblangan Alan Shirer «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik lavozimdan ozod etilsa, uning o‘rnini egallashga nomzodlar haqida gapirdi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, «qizil iblislar» yaxshi davrni boshdan kechirmayapti, chunki ular maydonda ham, undan tashqarida ham muammolarga duch kelishmoqda.
«Agar Kerrik ishdan bo‘shatilsa, uning o‘rniga Fabian Xyurseler yaxshi o‘rinbosar bo‘ladi, biroq «Brayton»da ishlash modeli butunlay boshqacha. Shuningdek, ular Eddi Hauga e’tibor qaratishlari kerak. Antonio Konte bilan variantni ham ko‘rib chiqish mumkin», - dedi sobiq hujumchi.
Ushbu mavsumdagi Premer-liganing oltita turida mankunianlar bor-yo‘g‘i 7 ochko jamg‘argan. Kerrik jamoasi turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.