Live
3
O'zbek

«Lochin» bosh murabbiyi «Kattaqo‘rg‘on» bilan 4:4 hisobi va 2 ta penalti haqida: «Futbol qoidalari o‘zgarib ketdimi?»

Futbol
18 oktabr, 14:55
Qarshi klubi ustozi Pro ligasining 24-turidagi durangdan so‘ng hakamlikni tanqid qildi.
«Lochin» bosh murabbiyi «Kattaqo‘rg‘on» bilan 4:4 hisobi va 2 ta penalti haqida: «Futbol qoidalari o‘zgarib ketdimi?»
Foto: UzPFL
18.10.2026 FT Pro Liga Kattaqurgon Kattaqurgon 4 : 4 Lochin Lochin

Pro liga 24-turi doirasida Samarqandda bo‘lib o‘tgan «Kattaqo‘rg‘on» - «Lochin» (4:4) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Eldor Moyliev shu kuni kattaqo‘rg‘onliklar foydasiga ikkita penalti belgilagan bosh hakam Doston Rahmonovni tanqid qildi.

Rahmonov «Navbahor» - «Dinamo» (3:2) o‘yinidagi xatosi bois Superligada emas, Pro ligada bosh hakamlik qilmoqda.

«Bugun ochiq futbol bo‘ldi, Superligaga o‘tish o‘yiniga imkon borligi bois ikki tomon ham faqat g‘alaba uchun o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda kutilmagan 11 metrlik jarima to‘plari belgilandi. Agar shunday vaziyatlar uchun penalti belgilasa, hamma o‘yinchilar himoyachiga kelib urilib, penalti ishlayveradi. Raqibning 11 metrlik jarima zarbasi o‘yinni o‘zgartirib yubordi. Yigitlarimdan minnatdorman.

O‘yin yakunidagi penalti sabab durang bo‘ldi. Raqib futbolchisi Narx to‘pni darvozabonimizga berayapti, u esa himoyachimizga berdi. O‘yinni boshlash uchun to‘xtatish kerak, darvozabonimiz esa to‘xtatmay o‘yinga kiritish uchun himoyachiga berdi. U to‘pni qo‘li bilan to‘xtatib kiritmoqchi bo‘lganida bosh hakam ikkinchi penaltini belgiladi. Dumalab kelayotgan to‘pni himoyachiga berdi va u o‘yinga kiritishi kerak edi. Hakam esa qo‘li bilan to‘xtatgani uchun penalti belgiladi. Futbol qoidasi o‘zgarib ketmagan bo‘lsa, bu penalti emas»

Superligaga chiqish imkoniyati? Hali bor. Biz uyda «Metallurg» va «FarDU»ni qabul qilamiz. Natijamiz ijobiy bo‘lsa, imkoniyat bo‘ladi»
, - deydi qarshiliklar bosh murabbiyi Eldor Moyliev.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kattaqurgon Kattaqurgon
  • Lochin Lochin
  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar