Live
3
O'zbek

La Liga. «Real Sosiedad» «Malaga»ga 5 ta gol urdi, «Selta» va «Osasuna»da ham g‘alaba

Futbol
18 oktabr, 15:37
Oyarsabal dubl qayd etdi.
La Liga. «Real Sosiedad» «Malaga»ga 5 ta gol urdi, «Selta» va «Osasuna»da ham g‘alaba
Foto: Real Sociedad
18.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Malaga Malaga 2 : 5 Real Sociedad Real Sociedad

Ispaniya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

«Real Sosiedad» (16, 5-o‘rin) safarda «Malaga» (4, 20-o‘rin) darvozasini 5 marta ishg‘ol qildi, Oyarsabal dubl qayd etdi.

«Selta» (11, 8-o‘rin) Vigoda «Alaves» (11, 7-o‘rin) ustidan, «Osasuna» (11, 10-o‘rin) esa Pamplonada «Rasing» (8, 16-o‘rin) ustidan g‘alaba qozondi.

La Liga. 9-tur. 18 oktabr
Malaga — Real Sosiedad 2:5

Gollar: Ninya (54), Martines (66) — Kubo (3), Oskarsson (26), Oyarsabal (59, 67), Gedesh (73).

Selta — Alaves 2:1
Gollar: Yutgla (53), Rodriges (71) — Novoa-Ramos (87).

Osasuna — Rasing 2:0
Gollar: Budimir (9, penalti), Osambela (88).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Malaga Malaga
  • Real Sociedad Real Sociedad
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar