Ispaniya chempionatining 9-turida «Real» o‘z uyida «Sevilya» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.
Madrid klubi safida Mbappe dublga erishdi, Guler va Diomande ham supergol urdi. Diskvalifikatsiya qilingan Vinisiusning qanotida o‘ynagan ivuarlik vinger jamoasining barcha gollarida ishtirok etdi.
Mourino jamoasi ochkolarini 21 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Sevilya» esa 14 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi.
La Liga. 9-tur
Real — Sevilya 4:1
18-oktyabr, «Bernabeu»
Gollar: Gyuler (33), Mbappe (37, 63 penalti), Diomande (82) — Bueno (80).
Real — Kurtua, Valverde (Militao, 85), Konate, Heysen, Kukurelya, Bellinghem (Silva, 70), Chuameni, Guler (Kamavinga, 78), Endrik (Dias, 70), Diomande, Mbappe (Espi, 85).
Sevilya — Vlaxodimos, Iglesias (Karmona, 72), Kastrin, Salas, Suazo, Agume, Fofana, Vargas (Ejukе, 46), Peke (Bueno, 56), Andrade (Gonsales, 73), Ure (Stassin, 56).
Ogohlantirishlar: Heysen (23), Andrade (23), Iglesias (69), Kukurelya (73).
La Liga. «Real» «Sevilya»ni yirik hisobda mag‘lub etib, 3-o‘ringa chiqib oldi
Futbol
18 oktabr, 17:15
Mbappe dublga erishdi, Vinisiusning qanotida o‘ynagan Diomande madridliklarning barcha gollarida qatnashdi.
Foto: Real Madrid
18.10.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Real Madrid
4
:
1
Sevilya