Madridning «Real» klubi 2027-yil yozgi transfer oynasida yuqori saviyali yarimhimoyachi xarid qilishni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgiladi. Sport.es xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» «Arsenal» vakili Martin Subimendi va «Napoli» futbolchisi Skott Maktomineyga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning yozishicha, «Real» Subimendi transferini amalga oshirish imkoniyatiga ega. Ispaniya milliy jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yarimhimoyachi «Arsenal»da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.
Maktominey borasidagi vaziyat ham Madrid klubi foydasiga o‘zgarishi mumkin. «Napoli» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. 29 yoshli futbolchining amaldagi kelishuvi 2028-yilning yozigacha mo‘ljallangan.