«Inter Mayami» MLS doirasida «Atlanta Yunayted»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Lionel Messi mazkur bahsda ikkita gol urib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Ushbu dubl orqali argentinalik hujumchi professional faoliyatidagi gollar sonini 936 taga yetkazdi. Endilikda u Krishtianu Ronaldu bilan 1000 ta gol marrasiga erishish uchun kurashmoqda.
Ayni paytda «An Nasr» sardori hisobida 981 ta gol bor. Shu tariqa, Messi portugaliyalik hujumchidan 45 ta gol ortda qolmoqda. Ronaldu avvalroq faoliyati davomida 1000 ta gol urishni maqsad qilganini bir necha bor ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Messi yaqinda Argentina milliy jamoasi bilan xayrlashgan edi va endilikda klub miqyosidagi faoliyatiga e’tibor qaratmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi