MLS matchi yakunlandi, unda «Atlanta Yunayted» «Inter Mayami»ni qabul qildi. Uchrashuv Atlantadagi «Mersedes-Bens Stedium»da bo‘lib o‘tdi va mehmonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Inter Mayami» safida gollarga Xerman Berterame va argentinalik hujumchi Lionel Messi mualliflik qilishdi. Ta’kidlash lozim, Lionel dubl qayd etdi. Urugvaylik hujumchi Luis Suares esa ikkita samarali uzatmani amalga oshirdi.
«Atlanta» safidagi yagona gol Fafa Piko hisobiga yozildi. «Atlanta» tarkibida Rossiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Aleksey Miranchuk asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘ynadi.
Eslatib o‘tamiz, MLSning navbatdagi o‘yinida «Atlanta» «Chikago Fayr» bilan uchrashadi. «Inter Mayami» «Nyu-York Red Bullz»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuvlar 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi