Live
17
O'zbek

Messi MLS tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Futbol
11 oktabr, 07:45
Argentinalik hujumchi ketma-ket uch mavsum davomida kamida 35 ta golli harakatda ishtirok etgan ilk futbolchiga aylandi.
Messi MLS tarixida yangi rekord o‘rnatdi
Foto: Getty Images
10.10.2026 FT MLS USA Inter Miami CF Inter Miami CF 4 : 0 DC United DC United

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLSda navbatdagi rekordni qayd etdi. 39 yoshli futbolchi «Di Si Yunayted»ga qarshi bahsda dubl qayd etib, jamoasining 4:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Inter Miami News Hub xabariga ko‘ra, Messi MLS tarixida ketma-ket uch mavsum davomida kamida 35 ta golli harakatda ishtirok etgan ilk futbolchiga aylandi. Argentinalik futbolchining ushbu mavsumdagi hisobida 23 ta gol va 13 ta golli uzatma bor.

Messi o‘tgan mavsumda chempionatda jamoasining 48 ta golida bevosita ishtirok etgan. 2024-yilgi mavsumda esa uning hisobida 36 ta golli harakat bo‘lgan. Ushbu mavsumda ham u 36 ta golli harakatni amalga oshirdi.

Messi ayni paytda MLS-2026 mavsumining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • DC United DC United
  • MLS USA MLS USA
Bugungi yangiliklar