Live
15
O'zbek

«Komo» — «Roma» bahsida bosh hakam almashtirildi

Futbol
11 oktabr, 08:25
Maydonda jarohat olgan Mikael Fabbri o‘rnini to‘rtinchi hakam Simone Sotssa egalladi.
«Komo» — «Roma» bahsida bosh hakam almashtirildi
Foto: Getty Images
11.10.2026 FT Italiya A seriyasi Komo Komo 0 : 0 Roma Roma

Italiya chempionati oltinchi turidan o‘rin olgan «Komo» va «Roma» jamoalari o‘rtasidagi bahsda hakamlar tarkibida o‘zgarish yuz berdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida bosh hakam Mikael Fabbri jarohat olgani sababli o‘yinni davom ettira olmadi.

Shundan so‘ng, shu paytgacha to‘rtinchi hakam vazifasini bajarayotgan Simone Sotssa bosh hakam sifatida ish boshladi. Fabbri esa to‘rtinchi hakam vazifasini bajarishga o‘tdi.

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas jarohat olgan hakamni qo‘l berib qo‘llab-quvvatladi.

Hakam almashtirilgan vaqtda hisob 0:0 edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Roma Roma
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar