Turkiya chempionatining 7-turida «Konyaspor» o‘z maydonida «Istanbul Bashakshehir» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov «Istanbul Bashakshehir»ning asosiy tarkibida maydonga tushib, to‘liq o‘ynadi. Abbosbek Fayzullayev esa 80-daqiqada Bertug Yildirim o‘rniga maydonga tushdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Istanbul Bashakshehir» 8 ochko bilan 13-o‘ringa ko‘tarildi. «Konyaspor» esa 5 ochko bilan 16-pog‘onada qoldi.
Turkiya chempionati. 7-tur
Konyaspor — Istanbul Bashakshehir 0:0
Istanbul Bashakshehir: Muhammed, Karbovnik, Ba, Emin Bayram, Saba Xarebashvili (O‘mer Shahiner, 63), Umut G., Kemen, Andreas Skov Olsen (Yusuf Sari, 63), Eldor Shomurodov, Brnich, Bertug Yildirim (Abbosbek Fayzullayev, 80).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi