Live
9
O'zbek

A Seriyada bu mavsumda ilk bor 0:0 hisobi qayd etildi

Futbol
11 oktabr, 10:05
Bungacha o‘tkazilgan 53 ta uchrashuvning barchasida kamida bitta gol urilgan edi.
A Seriyada bu mavsumda ilk bor 0:0 hisobi qayd etildi
Foto: Getty Images
11.10.2026 FT Italiya A seriyasi Komo Komo 0 : 0 Roma Roma

A Seriyaning navbatdagi turida «Como» va «Roma» o‘rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Rimliklar 53-daqiqada Donyell Malen chetlatilgach, o‘yinning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.

Qizig‘i, bu natija ushbu mavsumdagi ilk golsiz durang bo‘ldi. Bungacha o‘tkazilgan 53 ta uchrashuvning barchasida kamida bitta gol urilgan edi.

Qayd etilishicha, A Seriyada 1949-yildan buyon ilk bor mavsumning 54-o‘yiniga qadar 0:0 hisobi qayd etilmadi. O‘shanda dastlabki golsiz durang 60-uchrashuvda kuzatilgan.

Ayni paytda «Roma» 14 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi, «Como» esa 11 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda.

A Seriya. 6-tur
Como — Roma 0:0

Qizil kartochka: Malen 53.

Como: Butez, Kouto, Ramon, Chaloba, Kayki, Kakeret (Rodriges, 66), Da Kunha (Baturina, 78), Perrone, Diao, Pas, Duvikas.
Roma: Gollini, N’Dika, Ermoso (Balerdi, 60), Mancini, De Ron, Kone, Uesli Frants, Molina (Rensh, 82), Pellegrini (Zule, 46), Malen, Dibala.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Roma Roma
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar