Olmaliqning OKMK klubi Oʻzbekiston Superligasining 23-turidan oʻrin olgan «Navbahor»ga qarshi uchrashuvdagi bahsli hakamlik qarorlari yuzasidan munosabat bildirdi.
«Superliga 23-tur doirasidagi OKMK — «Navbahor» uchrashuvi davomida va yakunida yuz bergan bir qancha bahsli vaziyatlar nafaqat maydondagi, balki VARdagi hakamlar qarorlari yuzasidan shikoyat yozish uchun yetarli.
Lekin yaqindagina OʻzFHM va klub rahbariyati oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvdagi oʻzaro kelishuv yuzasidan rasmiy shikoyat kiritmadik.
OʻzFHM rahbariyatining bizni ishontirganidek, bundan buyon hakamlar yuzasidan shikoyat yozilishi shart emas, endi oʻzimiz notoʻgʻri qaror chiqargan hakamlarni jazolaymiz, deb aytgan vaʼdalariga ishongan holda, ularning adolatli qarorini kutib qolamiz», — deyiladi xabarda.
Maʼlumot oʻrnida, OKMK — «Navbahor» bahsida tomonlar 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi