Live
10
O'zbek

Rodri «Barsa» kiyinish xonasida yetakchilardan biriga aylandi

Futbol
11 oktabr, 11:05
Yarimhimoyachi o‘zini nafaqat futbolchi, balki murabbiylar shtabi a’zosidek ham tutmoqda.
Rodri «Barsa» kiyinish xonasida yetakchilardan biriga aylandi
Foto: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Rodri jamoaning asosiy yetakchilaridan biriga aylandi. Bu haqda jurnalist Joan Jezus xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yarimhimoyachi jamoaning besh nafar sardori qatoriga kirmasa-da, kiyinish xonasida Rafinyadan keyingi ikkinchi yetakchiga aylangan. Rodri jamoadoshlari orasida katta hurmat qozongan va jamoa ichida yetakchilikni o‘z zimmasiga olgan.

U tez-tez sheriklari oldida nutq so‘zlaydi, yosh futbolchilarga esa muntazam ravishda maslahat va ko‘rsatmalar beradi. Shuningdek, Rodri «Barselona»ga to‘liq moslashib ulgurgan. U o‘zini nafaqat futbolchi, balki murabbiylar shtabi a’zosidek ham tutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli futbolchi shu yilning yozida «Manchester Siti»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgandi. Kataloniyaliklar uning transferi uchun 60 million yevro to‘lagan, bonuslar bilan birga bitim qiymati 70 million yevroga yetgan.

Uning yangi jamoasi bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar