Live
11
O'zbek

Roy Kin «Siti» atrofidagi mojaro haqida: «Men bundan nafratlangan bo‘lardim»

Futbol
11 oktabr, 11:40
«MYu» sobiq futbolchisi «shaharliklar»ga oid moliyaviy ayblovlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
Roy Kin «Siti» atrofidagi mojaro haqida: «Men bundan nafratlangan bo‘lardim»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Roy Kin «Manchester Siti» atrofidagi moliyaviy mojaro yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Mustaqil komissiya klubni to‘qqiz yil davomida moliyaviy qoidalarni buzganlikda, jumladan, daromadlarni 900 million funt sterlingdan ortiq miqdorda sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatganlikda aybdor deb topgani xabar qilingandi. Agar klubning apellyatsiyasi rad etilsa, unga nisbatan ochkolarni olib tashlash yoki liga tarkibidan chiqarish kabi sport sanksiyalari qo‘llanishi mumkin.

«Agar men futbolchi bo‘lganimda va «Manchester Yunayted»da nimalar bo‘layotgani haqida shunday gap-so‘zlar tarqalganida, bundan nafratlangan bo‘lardim. Har qanday shubhali nayrang yoki moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirish meni g‘azablantirardi.

Ayrimlar buni haddan tashqari qattiq chora deb hisoblashi mumkin. Lekin shunday iflos ishlar sodir bo‘lgan bo‘lsa, men o‘zimni liga chempioni unvoniga munosib deb his qilmasdim. Aslo» — deya Kinning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Avvalroq «shaharliklar» katta miqdorda moliyaviy tovon to‘lash orqali muammoni hal qilmoqchi ekani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar