Live
10
O'zbek

Konte «MYU»dan taklif tushsa, uni ko‘rib chiqishga tayyor

Futbol
11 oktabr, 11:30
«Qizil iblislar» rahbariyati Kerrikni iste’foga chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Konte «MYU»dan taklif tushsa, uni ko‘rib chiqishga tayyor
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrikni iste’foga chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, manchesterliklar Kerrik o‘rniga «Napoli»dan ketganidan so‘ng ishsiz yurgan Antonio Konteni tayinlash variantini o‘rganmoqda. Italiyalik mutaxassis murabbiylik faoliyatiga qaytish istagida va «Manchester Yunayted»dan taklif tushsa, uni ko‘rib chiqishga tayyor.

Ma’lumot o‘rnida, Konte 2016–2018-yillarda «Chelsi»ni boshqarib, Angliya chempionati va mamlakat kubogida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u 2021–2023-yillarda «Tottenhem» bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

Hozircha «Manchester Yunayted» tomonidan ehtimoliy murabbiy almashinuvi yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan. Avvalroq «qizil iblislar» muxlislari Amorimni qaytarishni talab qilayotgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar