Live
15
O'zbek

Superliga. «Lokomotiv» mehmonda «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi

Futbol
11 oktabr, 08:57
    9
Toshkent klubi safarda kechgan gollarga boy bahsda irodali g‘alabaga erishdi.
Superliga. «Lokomotiv» mehmonda «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi
Foto: So'g'diyona

Superliganing 23-turida «Lokomotiv» safarda «So‘g‘diyona»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

29-daqiqada Behruz Asqarov mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 48-daqiqada Sardor Mirzayev «Lokomotiv»ni oldinga olib chiqdi. 68-daqiqada Lyupcho Doriyev hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. Biroq 81-daqiqada Shodiyor Shodiboyev mehmonlarga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Lokomotiv» 38 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi. «So‘g‘diyona» esa 28 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.

Superliga. 23-tur
So‘g‘diyona — Lokomotiv 2:3
Gollar:
Asqarov 29, Doriyev 68 — Abduxoliqov 34, Mirzayev 48, Shodiboyev 81.
Ogohlantirish: Nishich 76.

So‘g‘diyona: Mitrovich, Jo‘raboyev, Qobilov, Asqarov (Qahramonov, 46), Michin (Zaymovich, 82), Boltaboyev (Soyibov, 46), Ivanovich, Doriyev, Karimov, Sultonmurodov (Abdurashidov, 46), Kamolov (Mavlonqulov, 46).
Lokomotiv: Kozlov, To‘pliyev (Shodiboyev, 76), Abduxoliqov, Shushnyar, Mirzayev (Yo‘ldoshev, 90+1), Kucherenko, Turopov (Reymov, 76), Muhammadiyev, Zoteev, Nishich (Ivanov, 84), Yaxshiboyev (Nurulloyev, 76).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar