«Real» hujumchisi Vinisius Junior «Vilyarreal»ga qarshi bahsda raqib futbolchisining sochidan tortgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Madridliklar braziliyalik futbolchi uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin, deb hisoblamoqda.
The Touchline jurnalist Arancha Rodriges ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, «Real» apellyatsiya orqali jazoni ikkita o‘yingacha qisqartirishga umid qilmoqda. Biroq bunday holatda ham Vinisius «El Klasiko»ni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Shu sababli madridliklar 25-oktyabr kuni safarda «Barselona»ga qarshi o‘tkaziladigan bahsda braziliyalik hujumchining xizmatlaridan foydalana olishlariga ishonmayapti.