Live
17
O'zbek

Bellingham maydondan chetlatilgan Vinisiusni qo‘llab-quvvatladi

Futbol
11 oktabr, 07:35
Braziliyalik futbolchi «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgandi.
Bellingham maydondan chetlatilgan Vinisiusni qo‘llab-quvvatladi
Foto: Getty Images
10.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 1 : 0 Villarreal Villarreal

«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingham jamoadoshi Vinisius Juniorga murojaat qildi. Braziliyalik futbolchi La Liganing 8-turi doirasidagi «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda maydondan chetlatilgan edi.

«Har doim yoningdaman», — deya angliyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Fabritsio Romano. Qayd etish lozim, Vinisius uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlab, 52-daqiqada Trent Aleksander-Arnold o‘rniga maydonga tushdi. 72-daqiqada esa u to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Shu tariqa, futbolchi maydonda atigi 20 daqiqa harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, bir kishi kam bo‘lib qolgan «Real» 1:0 hisobidagi g‘alabani saqlab qoldi. Yagona golni Yan Diomande urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «qirollik klubi» ochkolari sonini 18 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Vilyarreal» esa 8 ochko to‘plagan holda 11-pog‘onani band etib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar