«Liverpul» Jeremi Frimpong o‘rniga yangi o‘ng qanot himoyachisini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Niderlandiyalik futbolchi jamoa murabbiylarini o‘z o‘yini bilan ishontira olmagan. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» qishki transfer oynasida boshqa pozitsiyalarni kuchaytirishga ustuvor ahamiyat berishi mumkin. Shu sababli 25 yoshli Frimpong jamoada qolishi ehtimoli ham bor. Shunga qaramay, mersisaydliklar «Barselona» himoyachisi Jyul Kunde nomzodini ko‘rib chiqmoqda. U Frimpongning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida qaralmoqda.
Frimpong 2025-yil yozida «Liverpul» safiga qo‘shilgan. U ushbu mavsumda barcha musobaqalarda beshta bahsda maydonga tushdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.