«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Angliya klubi liga moliyaviy qoidalarini buzgan deb topilgani yuzasidan komissiya chiqargan qarorga munosabat bildirdi. Shuningdek, u jamoa muxlislariga murojaat qilib, ularni qiyin vaziyatda ham birdam bo‘lishga chaqirdi.
«Biz birga bo‘lishimiz kerak. Yagona jamoa bo‘lib qolishimiz va ijobiy kayfiyatni saqlashimiz shart. Hayotda nima sodir bo‘lishidan qat’i nazar, yuzimizda doimo tabassum bo‘lishi kerak.
Shuning uchun ijobiy kayfiyatni saqlashimiz, faqat oldinga qarashimiz, maydonda g‘alaba qozonishda davom etishimiz va o‘yindan zavq olishga harakat qilishimiz lozim. Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz va mehr ulashishimiz kerak. Birga bo‘ling, bu yo‘ldan zavqlaning va tabassum qiling.
Men bu shaharni chin qalbimdan yaxshi ko‘raman va muxlislarimiz uchun juda qayg‘uraman. Chunki o‘zimni ham klub muxlisi deb bilaman va ularning barcha hissiyotlarini baham ko‘raman», — dedi Holand Sky Sports efirida.