Bugun
75
O'zbek

Holand «Liverpul»ga qarshi o‘yin haqida: «Umid qilamanki, stadionda adovat shundoq sezilib turadi»

Futbol
11 oktabr, 04:12
Norvegiyalik forvard APL navbatdagi turi doirasida «Enfild»ga bo‘ladigan safar oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Holand «Liverpul»ga qarshi o‘yin haqida: «Umid qilamanki, stadionda adovat shundoq sezilib turadi»
Foto: Gettyimages
11.10.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul - : - Manchester Siti Manchester Siti

«Manchester Siti»ning norvegiyalik forvardi Erling Holand Angliya Premer-ligasi 6-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi «Enfild»da bo‘lib o‘tadigan bellashuv oldidan fikrlarini bildirarkan, kinoya bilan ashaddiy raqiblari — «Manchester Yunayted» futbolchilarini yodga oldi.

«Umid qilamanki, stadiondagi muhit chinakamiga dushmanlarga xos bo‘ladi. «Manchester Siti» «Enfild»ga «Liverpul»ga qarshi maydonga tushish uchun kelganida, aslida vaziyat shunday bo‘lishi kerak. Taxminan xuddi bizning… em… em… kim edi? «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinimiz singari», — dedi tabassum bilan Holand beIN SPORTS efirida.

Eslatib o‘tamiz, Premer-liga 6-tur markaziy o‘yini «Liverpul» va «Manchester Siti» bugun, 11 oktyabr kuni «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tadi hamda Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar