Live
3
O'zbek

Vinisius: «Jamoam va muxlislardan uzr so‘rayman»

Futbol
11 oktabr, 01:59
    14
Braziliyalik futbolchi jamoa g‘alabasi va o‘zining chetlatilishi haqida gapirdi.
Vinisius: «Jamoam va muxlislardan uzr so‘rayman»
Foto: Gettyimages
10.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 1 : 0 Villarreal Villarreal

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Vinisius Junior jamoaning Ispaniya chempionati 8-turi doirasidagi bahsda «Vilyarreal» (1:0) ustidan qozongan g‘alabasi va o‘zining chetlatilgani haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘yinning 74-daqiqasida Vinisius raqibning sochlaridan ushlab qolgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

«Xursandchilik davom etadi… Jamoam va muxlislardan uzr so‘rayman», — deb yozdi Vinisius ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionati 8-turidan keyin «Real» 18 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Minimal hisobda mag‘lub bo‘lgan «Vilyarreal» esa 8 ochko bilan jadvalning 13-pog‘onasini band etgan. Yakka peshqadam hamon «Barselona», kataloniyaliklar hisobida 24 ochko mavjud. Ikkinchi — «Atletiko» (19 ochko).

Eslatib o‘tamiz, La Liganing 9-turida «Real» 18 oktyabr sanasida «Sevilya» bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

14 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar