Live
11
O'zbek

La Liga. “Barselona” “Xetafe”ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Gordondan debyut gol

Futbol
10 oktabr, 14:36
    25
Kataloniya klubi turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamladi.
La Liga. “Barselona” “Xetafe”ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Gordondan debyut gol
Фото: Getty Images
10.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 3 : 0 Xetafe Xetafe

Ispaniya chempionatining 8-turida “Barselona” klubi Kataloniyada “Xetafe”ni qabul qildi. Ushbu bellashuvda Hansi Flik jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab 2-daqiqada Gordon hisobni ochdi. 30-daqiqaga kelib, Gabriel Jezus ikkinchi golni urdi. 73-daqiqada Kunde yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Bu natijadan so‘ng “Barselona” turnir jadvalidagi ochkolarini 24 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamladi. “Xetafe” esa 8 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

La Liga. 8-tur
Barselona — Xetafe 3:0
Gollar:
Gordon 2, Jezus 30, Kunde 73
Barselona
– Joan Garsiya, Kunde, Erik Garsiya, Jerar Martin, Espart, Gavi (Fermin Lopes, 61), Olmo (Pedri, 61), Rodri (Bernal, 71), Gordon (Adeyemi, 71), Gabriel Jezus (Abdelkarim, 82), Yamal.
Xetafe – Soriya, Mojika (Davinchi, 65), Romero, Jene, Kiko (Sazonov, 85), Francho, Mario Martin, Terrats, A. Garsiya (Boselli, 65), Ivan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Xetafe Xetafe
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar