Live
13
O'zbek

Rafinya tarkibda yo'q. «Barselona» «Xetafe»ga qarshi bahs uchun qaydnomasini e’lon qildi

Futbol
10 oktabr, 07:45
    8
Kataloniyaliklar safida Joan Garsiya ham bor. Biroq braziliyalik vinger yaqin o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Rafinya tarkibda yo'q. «Barselona» «Xetafe»ga qarshi bahs uchun qaydnomasini e’lon qildi
Foto: Getty Images
45’+1 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 2 : 0 Xetafe Xetafe

«Barselona» Ispaniya chempionati doirasida «Xetafe»ga qarshi kechadigan bahs uchun qaydnomasini e’lon qildi. Klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida chop etilgan ro‘yxatdan bosh murabbiy Hans-Diter Flik quyidagi futbolchilarni joy olgan:

Darvozabonlar: Joan Garsiya, Voytsex Shensni, Dominik Livakovich.

Himoyachilar: Joau Kanselu, Alexandro Balde, Farinyas, Pau Kubarsi, Espart, Martin, Jyul Kunde, Erik Garsiya.

Yarimhimoyachilar: Gavi, Fermin Lopes, Pedri, Rodrigo Ernandes, Dani Olmo, Bernal.

Hujumchilar: Jezus, Lamin Yamal, Karim Adeyemi, Entoni Gordon, Abdelkarim.

Qaydnomada braziliyalik vinger Rafinya yo‘q. U jarohati sabab yaqin o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» asosiy darvozaboni Joan Garsiya ham safga qaytdi. Tizza bilan bog‘liq muammolar tufayli u Ispaniya chempionatining o‘tgan turida maydonga tushmagandi. Endilikda darvozabon «Xetafe»ga qarshi bahsda jamoasiga yordam berishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Xetafe Xetafe
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar