Live
11
O'zbek

«Chelsi» va «Bavariya» Kunde bilan qiziqmoqda

Futbol
10 oktabr, 09:33
«Barselona» fransiyalik himoyachining transferini kamida 50 mln yevroga baholamoqda.
«Chelsi» va «Bavariya» Kunde bilan qiziqmoqda
Foto: Getty Images

«Chelsi» «Barselona» himoyachisi Jyul Kunde bilan yana qiziqa boshladi. London klubi o‘tgan yozgi transfer oynasida ham 27 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rgangan. Endilikda ingliz jamoasi qishki transfer oynasida ushbu transferni amalga oshirishga urinib ko‘rishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Myunxenning «Bavariya» klubi ham fransiyalik futbolchining vaziyatini kuzatib bormoqda. «Barselona» esa himoyachining transferi uchun kamida 50 mln yevro talab qilishi mumkin. Shunga qaramay, Kunderning o‘zi Kataloniya jamoasini tark etishni istamayapti.

27 yoshli himoyachi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda beshta bahsda maydonga tushib, jami 261 daqiqa o‘ynagan. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Jyul Kundening bozor qiymatini 60 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Chelsi Chelsi
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar