Live
11
O'zbek

Laporta Yamalning so‘zlari haqida: «Messi bunday qilmasdi»

Futbol
10 oktabr, 10:53
«Barselona» prezidenti vingerning «Oltin to‘p» sovrini haqidagi so‘zlariga izoh berdi.
Laporta Yamalning so‘zlari haqida: «Messi bunday qilmasdi»
Foto: Gettyimages

«Barselona» prezidenti Joan Laporta yarimhimoyachi Lamin Yamalning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiqligi haqidagi so‘zlariga munosbat bildirdi.

Laportaning so‘zlariga ko‘ra, Yamalning bu mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘g‘ridan to‘g‘ri aytishi unga yoqadi. Shu bilan birga, «Barselona» rahbari Lionel Messi bunday qilmaganini ta’kidlab o‘tdi.

«Yamal g‘ayratga to‘lib-toshgan va o‘z futbolini namoyish etmoqchi, uning o‘yinchi sifatidagi xizmatlari e’tirof etilmoqda. Men uning nima uchun ba’zan «Oltin to‘p» mavzusida gapirayotganini tushunaman. Bu yerda o‘ziga xos musobaqa bor. Messi va Ronaldu davrida bunday holat deyarli bo‘lmagan. Men uchun har doim Messi g‘olib bo‘lishi kerak edi, lekin u o‘z nomzodini intervyular orqali ilgari surishga urinmasdi. Yamalning so‘zlaridan muammoni bo‘rttirib ko‘rsatish kerak emas. Bu vaqt o‘tishi bilan ortda qoladigan 19 yoshli yigitning tabiiy reaksiyasi», - deya Laportoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo.

Eslatib o‘tamiz, shanba, 10 oktyabr kuni «Barselona» La Liga navbatdagi turi doirasida «Xetafe»ni qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar