Ispaniya chempionatining 8-turida «Atletiko» mehmonda «Alaves»ga qarshi bahslashdi. Unda «matraschilar» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu bahsda dastlab 33-daqiqada mehmonlar safida Grimaldo gol urib, hisobni ochdi. Tanaffus oldidan esa Boye penaltidan muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 87-daqiqada Romero g‘alaba goliga mualliflik qildi. 61-daqiqada mezbonlar futbolchisi maydondan chetlatildi.
Bu g‘alabadan so‘ng «matraschilar» 19 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. «Alaves» esa 11 ochko to‘plab, 6-pog‘onada.
La Liga. 8-tur
Alaves — Atletiko 1:1
Gollar: Boye 45+6 penaltidan – Grimaldo 33
Alaves: Sivera, Tenalya, Otto, Valentini (Koski, 71), Peres, Rebbach, Ibanyes, Blanko, Suares (Manas, 79), Martines (Dias, 64), Boye.
Atletiko: Oblak, Lorente, Romero, Le Normann (Hansko, 62), Grimaldo, Koke, Kardoso, Simeone (Syörlot, 73), Barrios (Li Kang In, 57), Lukman (Alvares, 47), Devid (Baena, 47).
Ogohlantirishlar: Lukman 45, Le Normann 45+2
Chetlatish: Peres 61
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi