Live
13
O'zbek

«Atletiko» Valverdening jarohatdan tiklangani haqidagi xabarga kinoyali munosabat bildirdi

Futbol
10 oktabr, 01:25
    21
Avvalroq «Real» yarimhimoyachisi Madrid derbisida jiddiy jarohat olgani ma’lum qilingandi.
«Atletiko» Valverdening jarohatdan tiklangani haqidagi xabarga kinoyali munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

«Atletiko» Madrid derbisida jarohat olgan «Real» yarimhimoyachisi Federiko Valverdening tiklangani haqidagi xabarlarga kinoyali munosabat bildirdi.

«Biz «Real»ni tarix yaratishda davom etayotgani va butun dunyodagi tibbiyot hamjamiyatining 100 foizga adashganini isbotlayotgani bilan tabriklaymiz!» — deyiladi «Atletiko»ning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan xabarda.

Qayd etish lozim, derbidan so‘ng «Real» yarimhimoyachining jiddiy jarohat olganini ma’lum qilgandi. Uchrashuv davomida «Atletiko» futbolchisi Li Kang In Valverdening to‘pig‘ini bosib olgan epizod ham yuz bergan. Shundan so‘ng madridliklar futbolchining 2–3 oyga safdan chiqqanini bildirgan edi.

Biroq Ispaniya nashrlarining yozishicha, Valverde jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarda qatnashgan.
Ma’lumot o‘rnida, La Liganing 7-turidan o‘rin olgan Madrid derbisida «Atletiko» 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

21 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar