Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi 12 oktabr kuni Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turi doirasida «An-Nasr»ga qarshi o‘ynaydi. Ushbu bellashuvda ishtirok etish uchun farg‘onaliklar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahriga yetib keldi.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, jamoa ushbu bahs uchun 25 nafar futbolchini olib ketgan. Shuningdek, safar delegatsiyasi tarkibida futbolchilar, murabbiylar shtabi, rahbariyat va klub personali vakillari bor.
Saudiya Arabistoniga quyidagi tarkib olib ketildi:
Islombek Ismoilov — bosh murabbiy, Antonio Sarioglou — jismoniy tayyorgarlik murabbiyi, Vitaliy Galat — darvozabonlar murabbiyi, Anvar Berdiyev — murabbiy, Guillermo Baena de Estefania — fizioterapevt, Rafael Pereira — tahlilchi
Futbolchilar: Ibrohim Shokirov, Botirali Ergashev, Akbar To‘rayev, Boyan Tsiger, Muhsin Ubaydullayev, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Anvar G‘ofurov, Farruh Sayfiyev, Nurmuhammad Abdug‘aniyev, Koffi Franck Kouao, Xurshid G‘iyosov, Rustambek Fomin, Ratinio, Abrorbek Ismoilov, Vladimir Jovovich, Jamshid Iskanderov, Alisher Odilov, Ikromjon Aliboyev, Asilbek Jumayev, Bilolxon Toshmirzayev, Stipe Peritsa, Zoran Marushich, Yan Sasse, Michel Augusto, Markus Forss.