Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Pedru Proensa Krishtianu Ronalduning milliy jamoaga qaytishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, federatsiya, bosh murabbiy va jamoa futbolchilari 41 yoshli futbolchining milliy jamoa safida maydonga tushishini istamoqda.
«Federatsiya, bosh murabbiy va barcha jamoadoshlari bir fikrda: biz Krishtianuning qaytishini xohlaymiz. U noyabr oyidagi xalqaro tanaffus vaqtidayoq milliy jamoaga qaytishiga umid qilyapman. Krishtianuning o‘zi ham qaytishni xohlayapti. U — barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi», — dedi Pedru Proensa.
Ma’lumot uchun, Jorje Jezush boshqaruvidagi portugaliyaliklar noyabr oyida Daniya va Uelsga qarshi bellashadi.
Avvalroq Portugaliya futbol federatsiyasi Ronalduni chetlatish bo‘yicha bir qarorga kelgani xabar qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi