Portugaliya futbol federatsiyasi terma jamoa sardori va hujumchisi Krishtianu Ronalduga diskvalifikatsiya jazosini qo‘llashga qaror qildi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Bunga sabab — u bosh murabbiyi Jorge Jesus bilan kelishmovchilikdan so‘ng terma jamoani o‘zboshimchalik bilan tark etgan.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, endi intizom kengashi 41 yoshli hujumchini futboldan chetlatish muddatini belgilaydi. Bu muddat bir oydan olti oygacha bo‘lishi mumkin.
Intizom kengashi diskvalifikatsiya masalasini ko‘rib chiqishda vaziyatning barcha jihatlarini, jumladan, Ronalduning uzr so‘raganini ham inobatga oladi. Avvalroq ESPN futbolchining qisqa muddatga chetlatilishi ehtimoli yuqoriroq ekanini taxmin qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 30-sentabr kuni Portugaliya terma jamoasi ixtiyoridan ketgan. 6-oktabr kuni futbolchi o‘z qaroriga izoh berib, Jorge Jesusni va’dalarini buzganlikda ayblagan bayonot bilan chiqdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi