«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning besh karra chempioni, sobiq jahonning birinchi raketkasi Mariya Sharapova AQSHning Sinsinnati shahrida final bellashuvida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, fizioterapevtning so‘zlari uni o‘yinga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilganini aytdi.
«Sinsinnatidagi o‘yindan keyingi lahzani yaxshi eslayman: men kortdan chiqdim, breyk bilan oldinga o‘tib olib, g‘alabaga bitta geym qolgandi. Ammo keyin o‘yinni boy beryapman. Mening fizioterapevtim - hatto murabbiy emas, balki aynan fizioterapevt - menga shunday degandi: «Sen kuchliroq, qattiqqo‘lroq bo‘lishing kerak bo‘lgan paytda yumshoq eding» Bu xuddi kimdir yuragimga pichoq sanchgandek edi, chunki yurak, kurash va kuch — bu mening xarakterim. To‘satdan kimdir meni yumshoq dedi. O‘sha o‘yinga qaradim va o‘yladim: men ancha passiv edim. Va u mutlaqo, 100% haq edi», - dedi Sharapova o‘zining Pretty Tough podkastida.
Eslatib o‘tamiz,-2010-yilda Sharapova Sinsinnatidagi musobaqa finalida belgiyalik Kim Klaystersga 6:2, 6:7 (4:7), 2:6 hisobida imkoniyatni boy bergan.