Superliganing 23-turida “Nasaf” va “Dinamo” o‘zaro bahs olib bordi. Qarshida kechgan qarama-qarshilikda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Adenis Shala dastlab hisobni ochdi. 83-daqiqada Oybek O‘rmonjonov muvozanatni tikladi. 90+6-daqiqada Alibek Davronov g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Bu natijadan so‘ng “ajdarlar” 37 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Dinamo” esa 30 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Superliga. 23-tur
Nasaf – Dinamo 2:1
Gollar: Adenis, Shala, 80 (1:1), Oybek O‘rmonjonov, 83 (0:1)
Nasaf: 1.Abduvohid Ne’matov, 4.Akramjon Komilov (2.Alibek Davronov, 61’), 5.G‘olib G‘aybullayev, 6.Sardor Bahromov, 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdirahmatov (17.Murod Rahmatov, 61’), 10.Bobir Abdixoliqov (20.Yusuf Otubanjo, 61’), 14.Sharof Muhitdinov (23.Dilshod Murtazayev, 71’), 15.Oybek Rustamov, 70.Abbos G‘ulomov (77.Paata Gudushauri, 83’), 92.Umar Eshmurodov.
Dinamo: 1.Edem Nemanov, 2.Artyom Radayev, 3.Mixail Shtefan, 8.Aziz Amonov (25.Oybek O‘rmonjonov, 62’), 10.Anvar Hojimirzayev (21.Jahongirbek Abdusalomov, 88’), 16.Amadu Dumbuya (44.Abdug‘afur Haydarov, 88’), 17.Salim Mustafoyev, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 24.Akbar Xudoyberdiyev (15.Rasul Yo‘ldoshev, 63’), 30.Xaris Haydarevich (19.Tigran Avanesyan, 63’), 37.Firdavs Abdurahmonov.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi