Live
6
O'zbek

«Oltin to‘p» uchun favorit o‘zgardi – endi u Keyn emas

Futbol
9 oktabr, 11:39
Mutaxassislar individual sovrin uchun kurashda futbolchilar imkoniyatlariga boshqa rakursdan baho berishdi.
«Oltin to‘p» uchun favorit o‘zgardi – endi u Keyn emas
Foto: Gettyimages

Avvalroq mutaxassislar favorit sifatida Harri Keynni tilga olayotgan bo‘lsa, endi Lamin Yamal ushbu kurashda oldinga chiqib oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yamalning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari 41%ga baholanmoqda. Angliyalik forvard Keynda esa bu ko‘rsatkich 37%ni tashkil qilgan.

Boshqa futbolchilarning imkoniyatlari ancha past. Uchinchi o‘rinni Kilian Mbappe egallab turibdi. Fransiyalik futbolchining sovrin uchun imkoniyatari 4,9% deb baholanmoqda. Lionel Messi – to‘rtinchi (3,68%).

Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

O‘tgan yili ushbu sovringa fransiyalik Usmon Dembele ega chiqqan, Lamin Yamal esa so‘rovnomada ikkinchi o‘rin bilan cheklanishga majbur bo‘lgan edi.

Bugungi yangiliklar