«Real Madrid» bosh murabbiyi Joze Mourinio xalqaro tanaffusdan so‘ng, klublar mavsumi qayta jonlanishi arafasida yarimhimoyachi Federiko Valverde va himoyachi Eder Militaoning ahvoli haqida ma’lumot berdi.
«Valverdening keyingi o‘yinda ishtirok etishi hali ham shubha ostida. Militaoga kelsak, u aniq maydonga tusha olmaydi», - deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, 10-oktyabr, shanba kuni «Real Madrid» Ispaniya chempionati 8-turida «Vilyarreal»ni qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi.
Ta’kidlab o‘tamiz, 7 ta o‘yinda 15 ochko jamg‘argan «Real Madrid» 4-o‘rinni egallab turibdi. Yetakchi «Barselona» bilan o‘rtadagi farq 6 ochkoni tashkil qilmoqda. «Vilyarreal» hisobida esa 8 ochko bilan 9-pog‘onani band etgan.