«Real Madrid» bosh murabbiyi jamoaning fransiyalik himoyachisi Ferlan Mendi haqida xushxabarni ma’lum qildi. Fransuz so‘nggi marta o‘tgan mavsum oxiri, aniqrog‘i may oyi boshida maydonga tushgan edi.
«Bugun Ferlan Mendi ilk bor biz bilan mashg‘ulotda ishtirok etdi», - dedi Mourinio jurnalistlarga.
Ma’lumot uchun, Mendi 2019-yildan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu mavsumda himoyachi jarohatdan keyin uzoq vaqt tiklangani sababli maydonda bir marta ham ko‘rinish bergani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz,-10-oktyabr, shanba kuni «Real Madrid» Ispaniya chempionati 8-turida «Vilyarreal»ni qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi.
Ta’kidlab o‘tamiz, 7 ta o‘yinda 15 ochko jamg‘argan «Real Madrid» 4-o‘rinni egallab turibdi. Yetakchi «Barselona» bilan o‘rtadagi farq 6 ochkoni tashkil qilmoqda. «Vilyarreal» hisobida esa 8 ochko bilan 9-pog‘onani band etgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi