Live
1
O'zbek

Silva: «Barselona» shu ruhda davom etsa, «Real» yetib ololmaydi»

Futbol
9 oktabr, 01:15
Ispaniya milliy jamoasining sobiq yarim himoyachisi La Liga chempionligi uchun kurash haqida gapirdi.
Silva: «Barselona» shu ruhda davom etsa, «Real» yetib ololmaydi»
Foto: Getty Images

David Silva Ispaniya La Ligasida chempionlik uchun kurashda «Barselona»ning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

«Agar «Barselona» shu ruhda davom etsa, ularga yetib olishning iloji bo‘lmaydi.

Jamoa eng yuqori saviyada o‘yin namoyish etmoqda. Ular bir necha yildan beri Flik qo‘l ostida ajoyib o‘yin ko‘rsatishmoqda va tarkibni ham juda yaxshi kuchaytirishdi.

Shu darajani saqlab qolishsa, ularga teng keladigan raqib topilmaydi»,
— dedi Ispaniya milliy jamoasining sobiq yarim himoyachisi COPE radiosi efirida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar