Live
1
O'zbek

Lempard: «Siti»dan sovrinlarni olib qo‘yish mumkin, ammo futbolchilarning xotirasidan emas»

Futbol
9 oktabr, 00:29
«Koventri» ustozi fikricha, «shaharliklar» safida titul yutganlar baribir o‘zlarini g‘olib deb hisoblashda davom etadi.
Lempard: «Siti»dan sovrinlarni olib qo‘yish mumkin, ammo futbolchilarning xotirasidan emas»
Foto: Getty Images

Frenk Lempardning fikricha, «Manchester Siti»dan sovrinlarini olib qo‘yish faqat rasmiy tusda bo‘lishi mumkin — futbolchilar baribir o‘zlarini g‘olib deb hisoblashda davom etishadi.

«Mening ham sovrinlarim bor, lekin ular devorlarimga osib qo‘yilmagan. Ular xotiramda saqlanadi.

Kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushgan futbolchilar g‘alaba qozonish uchun juda qattiq mehnat qilishgan. Shuning uchun, menimcha, ularning har biridan sovrinlarini tortib olish juda qiyin bo‘ladi. Axir sovrinlar chiroyli shisha vitrinalarda yoki boshqa biror joyda emas, balki insonning xotirasida bo‘lishi kerak»
, — deya «Koventri» bosh murabbiyining so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Lempard «Manchester Siti»da bir mavsum — 2014/15 yillarda to‘p tepgan, ammo jamoa bilan birorta ham sovrinni qo‘lga kiritmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar