«Monako» hujumchisi Folarin Balogun Angliya Premer-ligasiga qaytish rejasi bor-yo‘qligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Amerikalik forvard yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunlarida «Everton»ga o‘tishi mumkin edi, ammo tibbiy ko‘rikdan keyin transfer amalga oshmay qoldi.
«Kelajakda APLga qaytishni xohlarmidim? Ha, ehtimol. Futbolda kutilmagan voqealar ko‘p bo‘ladi. Jahon chempionatidan keyin ham bunga yana bir bor guvoh bo‘ldik. Yozda ushbu transferga juda yaqin edim, ammo kelishuv amalga oshmadi. Shunga qaramay, kelajakda Angliyaga qaytishim, albatta, mumkin», — dedi Balogun talkSPORT nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Balogun «Arsenal» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Fransiya chempionatida «Reyms» va «Monako» klublari safida o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. Jahon chempionatidan so‘ng unga Yevropaning ko‘plab jamoalaridan takliflar bo‘lmoqda.