Millatlar ligasida 4-tur davom ettirildi.
A ligasi 1-guruhida Fransiya (10) Belgiya (6) ustidan yirik hisobda g'alabaga erishgan bo'lsa, Italiya (7) Turkiyani (0) mag'lubiyatga uchratdi. Zidan jamoasi safida Olise va Due zaxiradan tushib, 14 daqiqa ichida barcha gollarda ishtirok etishdi. Olise dubl va assistni, Due esa gol va 2 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
B ligasi 2-guruhida Ukraina (4) Vengriyaga (7) yutqazdi, Gruziya (2) esa peshqadam Shimoliy Irlandiya (8) maydonida ochko oldi.
B ligasi 4-guruhida Shvetsiya (10) Ruminiyadan (0), Bosniya va Hersegovina (8) Polshadan (4) minimal hisobda ustun keldi.
C ligasi 2-guruhida Chernogoriya (10) Armaniston (4) darvozasiga yo'l topolmadi. Kipr (7) Latviyani (1) mag'lub qildi.
Millatlar ligasi. 4-tur
A liga, 1-guruh
Fransiya — Belgiya 4:1
Gollar: Due (77), Sherki (81), Olise (88, 90+1) — Lukebakio (35).
Fransiya — Rest, Yoro, Lakrua, Kunde, Diuf, Kamavinga (Rabio, 88), Kone (da Kunya, 60), Akliush (Sherki, 60), Barkola (Due, 72), Dembele (Olise, 60), Lepol.
Belgiya — Vandevordt, Ngoy, Seys, Vanaken (Trossar, 87), Kastan, Lavia (Keyta, 87), Raskin, Lukebakio (Godts, 70), Mehele, Moreyra (Openda, 87), Lukaku (de Ketelare, 70).
Italiya — Turkiya 3:1
Gollar: Skamakkа (26), Kalafiori (64), Esposito (87) — Simsir (61).
Italiya — Donnarumma, Di Lorenso (Kayode, 55), Manchini, Bastoni, Rugeri (Kalafiori, 56), Barella (Tonali, 70), Romano, Dumbia, Vergara (Frattesi, 84), Maldini, Skamakka (Esposito, 55).
Turkiya — Chakir, Chelik, Bardakchi, Qobok, Elmali, Kadio'g'li (Aydin, 89), Yuksak (Akturko'g'li, 79), O'zjan, Qahvachi (Elmaz, 70), Akgun (Gul, 88), Simsir (Fakili, 70).
B liga, 2-guruh
Ukraina — Vengriya 1:2
Gollar: Yaremchuk (83) — Tot (52), Singer (85).
Shimoliy Irlandiya — Gruziya 0:0
B liga, 4-guruh
Ruminiya — Shvetsiya 0:1
Gol: Gokeresh (13).
Bosniya va Hersegovina — Polsha 1:0
Gol: Bashich (84, penalti).
C liga, 2-guruh
Chernogoriya — Armaniston 0:0
Kipr — Latviya 2:1
Gollar: Kosti (70), Edvards (90+4) — Dashkevichs (57).
Millatlar ligasi. Fransiya Belgiyaga 4 ta gol urdi, Italiya Turkiyani mag'lub etdi
Futbol
5 oktabr, 16:45
8
Due va Olise zaxiradan tushib, 14 daqiqa ichida mag'lubiyatni yirik hisobga aylantirishdi.
Foto: Getty Images
05.10.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Fransiya
4
:
1
Belgiya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi