Bugun
49
O'zbek

Olise: «Zidan o‘z g‘oyalarini taklif qiladi va biz ularga amal qilamiz»

Futbol
6 oktabr, 02:00
Fransiya milliy jamoasi futbolchisi Belgiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Olise: «Zidan o‘z g‘oyalarini taklif qiladi va biz ularga amal qilamiz»
Foto: Getty Images
05.10.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Fransiya Fransiya 4 : 1 Belgiya Belgiya

Fransiya milliy jamoasi futbolchisi Maykl Olise Millatlar Ligasi 4-turi doirasida Belgiyaga qarshi qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Zinedin Zidan shogirdlari ushbu bahsda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Olise 88 va 90+1-daqiqalarda gol urdi. Shuningdek, 81-daqiqada Rayan Sherkining goliga assistentlik qildi.

«Uchrashuv oxirida yaxshi o‘ynadik. Birinchi bo‘limda ularning chuqur himoyasiga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ldi. Shundan so‘ng hujum qilishda davom etdik va oxir-oqibat barchasi yaxshi yakunlandi. Bu jamoaviy ishning samarasi.

Zidan o‘z g‘oyalarini taklif qiladi va biz ularga amal qilamiz. Shu ruhda davom etamiz. Fransiya milliy jamoasidagi o‘yinimdan mamnunman. Bu yerda o‘ynash menga zavq bag‘ishlaydi», — dedi Olise TF1 efirida.

Ma’lumot o‘rnida, «uch ranglilar» hozirda Millatlar Ligasi A divizioni 1-guruhida 10 ochko to‘plab, peshqadam bo‘lib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Belgiya Belgiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar