Fransiya milliy jamoasi Millatlar Ligasi doirasida Belgiyani yirik 4:1 hisobida mag‘lub etib, irodali g‘alabaga erishdi.
Zinedin Zidan shogirdlari 77-daqiqaga qadar hisobda ortda borayotgandi. Shundan so‘ng fransiyaliklar uchrashuv taqdirini butunlay o‘zgartirib yubordi va raqib darvozasiga to‘rtta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, «uch ranglilar» Belgiya jarima maydonida to‘pga 76 marta tegishgan. Bu statistika yuritilayotgan so‘nggi 20 yil ichida Fransiya milliy jamoasi uchun rekord natija hisoblanadi. Belgiya futbolchilari esa Fransiya jarima maydonida bor-yo‘g‘i 8 marta to‘pga tegishgan.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Fransiya to‘rt turda 10 ochko jamg‘arib, Millatlar Ligasi A ligasi 1-guruhida peshqadamlik qilmoqda. Italiya 7 ochko bilan ikkinchi, Belgiya 6 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Zinedin Zidan o‘tgan yozda Didye Desham o‘rnini egallab, Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylangan edi.