Tribuna.uz — Oʻzbekistondagi sportga ixtisoslashgan yetakchi portal sifatida reklama beruvchilarga keng auditoriyaga yetish imkonini taqdim etadi.
Saytimizda eʼlon qilinadigan reklama materiallari sport ixlosmandlari va faol internet foydalanuvchilari orasida katta qiziqish uygʻotadi.
Reklama imkoniyatlari: banner joylashtirish, maxsus loyiha va maqolalar, ijtimoiy tarmoqlarda targʻibot va boshqalar.
Hamkorlik qilishni istaysizmi? Biz bilan bogʻlaning!
📧 info@tribuna.uz
Chegarasiz sport
Hissiyotlar, jonli translyatsiyalar va eksklyuzivlar — bu yerda muxlislar jamoasining yuragi uradi. Tribuna.uz brendingizni real sport ixlosmandlariga yetkazib beradi.
Tribuna.uz haqida
Usmon Ibodov, Bosh muharrir:
«Tribuna.uz — bu sport bilan hamnafas jamoa. Biz faqat o‘yin natijasiga qaraydiganlar emas, balki uni yurak bilan his qiladiganlar uchun ham yozamiz».
Futbol, tennis, boks, MMA va boshqa sport turlari, eksklyuziv kontent va eng tezkor match-markaz — barchasi bir joyda.
- Tribuna.uz — bu oddiy sport portali emas, balki jonli sport hamjamiyatidir.
- O‘yinlar oralig‘ida ham muxlislar sayt va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamani davom ettiradi.
- Brendingizni sportga chin dildan qiziqadigan auditoriya ko‘radi.
Platformalarimiz
Veb-sayt
Mualliflik yangiliklari, intervyular va hamkorlik materiallari veb-saytda e’lon qilinadi. Bu brendingizni ishonchli va obro‘li sport manbasi fonida ko‘rsatish imkonini beradi.
Ijtimoiy tarmoqlar
Instagram va Facebook integratsiyalari, Telegram-kanalda maxsus postlar, YouTube va TikTok’dagi video-integratsiyalar orqali eng faol auditoriya bilan bevosita muloqot qilamiz.
Veb-sayt statistikasi
Geografiya: asosiy auditoriya Toshkent va yirik viloyat markazlaridan (Samarqand, Namangan, Andijon, Farg‘ona va boshqalar), shuningdek Moskva va Varshava kabi chet el shaharlari.
Telegram & Video platformalar
Har bir platformada sportchi va ta’sir kuchiga ega shaxslar ishtirok etadi. Umumiy oylik qamrov 14 millionga yaqin ko‘rishlarni tashkil etadi.
Nega aynan Tribuna.uz?
- To‘liq xizmatlar. G‘oyadan tortib ijro va kreativ materiallar tayyorlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda siz bilan birga ishlaymiz.
- Individual yondashuv. Har bir kampaniya maqsad va KPI’laringizga mos ravishda yaratiladi.
- Shaffoflik. Har bosqichda statistika va fikr-mulohazalar bilan ta’minlaymiz.
- Eksklyuziv kontent. Noyob formatlar va maxsus loyihalar brendingizni raqobatchilardan ajratib turadi.
- Tezlik va samaradorlik. Axborot auditoriyaga darhol yetadi, maksimal ta’sirni ta’minlaydi.
- Tahlil va optimizatsiya. Auditoriya va interaktivlik ma’lumotlari asosida kampaniyalarni muntazam ravishda yaxshilab boramiz.
Joylashtirish imkoniyatlari, reklama formatlari, kreativ yechimlar va hamkorlik shartlarini muhokama qilish uchun biz bilan bog‘laning.